O‘zbekiston | 19:40 / 29.12.2019
47643
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident yanvar oyi o‘rtalarida parlamentga murojaatnoma yo‘llaydi

26 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda yangi qurilgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi va shu yerning o‘zida yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar hamda yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi.

Prezident muloqot davomida Oliy Majlisga bo‘ladigan murojaatnomasi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Parlamentga qiladigan murojaatimiz tayyor bo‘lgan. Yangi parlament saylanishi bilan, nasib bo‘lsa, yanvar oyi o‘rtalarida bu tadbirni ham o‘tkazamiz», — deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

An'ana bo‘yicha, O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga qiladigan murojaatida yil nomi ham taklif qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, 150 deputatlik parlamentga 125 deputat saylandi, 5 yanvar kuni 25ta saylov okrugida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

Mavzuga oid