Fan-texnika | 00:26 / 04.01.2020
19759
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung ikkita yangi smartfon taqdim qildi

Samsung kompaniyasi ikkita yangi smartfoni - Galaxy S10 Lite va Note10 Lite’ni taqdim qildi.

Galaxy S10 Lite

Galaxy S10 Lite uchta – 12 Mpli ultrakeng burchakli, 48 Mpli standart va 5 Mpli makroobektivli kameralardan iborat asosiy kamera oldi. 

Smartfon displeyining yuqori qismida 32 Mpli old kamera joylashgan. Qurilma Snapdragon 855 protsessorida ishlaydi, 6 yoki 8 Gbli tezkor xotira va 128 Gbli asosiy xotira bilan jihozlanadi. 

Galaxy Note10 Lite smartfoni S Pen elektron perosi bilan ishlay oladi. Qurilmaning tezkor va asosiy xotirasi S10 Lite’niki kabi, biroq u Samsung ishlab chiqqan Exynos 9810 protsessorida ishlaydi.

Galaxy Note10 Lite

Qurilmaning asosiy kamerasi 12 Mpli standart, keng burchakli va telezum-obektivli kameralardan tashkil topgan. Old kamera sifati 32 Mpni tashkil qiladi. 

Ikkala smartfon ham FullHD+ sifatiga ega 6,7-dyuymli ekran bilan jihozlangan. 

Qurilmalar yanvar o‘rtalaridan Galaxy S10 Lite uchun 725 dollar, Note10 Lite uchun esa 550 dollar narx bilan sotuvga chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga oid