O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda
«2025 yilga kelib, O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini va uni to‘liq qayta ishlashni to‘xtatish, shuningdek qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘radi», dedi hukumat rahbari.
Abdulla Aripov, shuningdek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidladi.
Bundan tashqari, u joriy yil oxirigacha barcha iste'molchilar uchun elektron gaz va elektr hisoblagichlari o‘rnatilishi haqida gapirdi.
«Bu energiya sarfini kamaytiradi va to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq muammolarning oldini oladi», - dedi bosh vazir.
Ma'lum qilinishicha, 2030 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 baravar, tabiiy gaz ishlab chiqarish 1,2 baravar va ko‘mir ishlab chiqarish 3,3 baravar oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024