O‘zbekiston | 22:50 / 22.01.2020
100739
10 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Hukumatning yangi tarkibini shakllantirish jarayoni qanday o‘tdi?

Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodlarni tasdiqladi. Endi ular prezident tomonidan tasdiqlanishi kerak.

22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda Vazirlar Mahkamasi a'zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqdi va ma'qulladi. Nomzodlar ro‘yxati parlament tomonidan 21 yanvar kuni bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan Abdulla Aripov tomonidan taqdim etilgan edi.

Nomzodlar dastlab parlament quyi palatasining mas'ul qo‘mitalarida, shundan so‘ng beshta siyosiy partiyalarning fraksiyalari tomonidan ko‘rib chiqildi.

O‘zLiDeP rahbari Aktam Hayitov va bosh vazir Abdulla Aripov
Adolat SDP rahbari Narimon Umarov va deputat Qodir Jo‘rayev
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov va deputat Ilhom Abdullayev
Xalq demokratik partiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov
Ekologik partiya rahbari Boriy Alixonov

Majlisda har bir nomzod harakat dasturini taqdim etdi, shundan so‘ng savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 

Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov

Yakunda bosh vazirning 4 nafar o‘rinbosari, 21 nafar vazir va 10 qo‘mita raisi lavozimiga nomzodlar deputatlar tomonidan ma'qullandi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov Transport vazirligi rahbari lavozimini bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Elyor G‘aniyevga bo‘shatib bergan.

Jamshid Qo‘chqorov va Ochilboy Ramatov

Madaniyat vazirligida Baxtiyor Sayfullayev o‘rnini uning o‘rinbosari bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov egallaydi.

Hukumat tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimi joriy etilib, bu lavozimga Aziz Abduhakimov tayinlanadi. Bungacha Turizmni rivojlantirish qo‘mitasiga Abdulaziz Oqqulov rahbarlik qilayotgandi.

Bugungi yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga nomzod tavsiya etilmagan. FVV rahbari Tursinxan Xudaybergenov yig‘ilishda ishtirok etmagan. U avvalroq prezident farmoni bilan senator etib tayinlangan edi.

Shuningdek, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin xizmat safarida bo‘lgani tufayli yig‘ilishda ishtirok eta olmagan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi. 

Vazirlar Mahkamasi a'zolari

Bosh vazir o‘rinbosarlari

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov (1962 yilda tug‘ilgan, 2019 yil fevralidan beri bosh vazir birinchi o‘rinbosari — Transport vaziri lavozimida ishlab kelayotgan edi).

 Bosh vazir o‘rinbosari — moliya vaziri — Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov (1964 yilda tug‘ilgan, 2019 yil fevralidan beri bosh vazir o‘rinbosari — Moliya vaziri sifatida ishlab kelayotgan edi).

Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi — Elmira Erkinovna Bositxonova (1958 yilda tug‘ilgan, 2019 yil iyunidan beri bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi).

Bosh vazir o‘rinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi — Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov (1974 yilda tug‘ilgan, 2019 yil fevralidan bosh vazirning ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari edi).

Vazirlar

Tashqi ishlar vaziri — Abdulaziz Hafizovich Komilov (1947 yilda tug‘ilgan, 2012 yil yanvaridan beri Tashqi ishlar vaziri).

Transport vaziri — Elyor Majidovich G‘aniyev (1960 yilda tug‘ilgan, 2019 yil yanvaridan beri bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi).

Iqtisodiyot va sanoat vaziri — Botir Asadillayevich Xo‘jayev (1956 yilda tug‘ilgan, 2019 yil yanvaridan beri Iqtisodiyot va sanoat vaziri).

Ichki ishlar vaziri — Po‘lat Razzoqovich Bobojonov (1961 yilda tug‘ilgan, 2017 yil sentyabridan beri Ichki ishlar vaziri).

Mudofaa vaziri — Bahodir Nizomovich Qurbonov (1969 yilda tug‘ilgan, 2019 yil fevralidan beri Mudofaa vaziri).

Adliya vaziri — Ruslanbek Quroltoyevich Davletov (1980 yilda tug‘ilgan, 2017 yil avgustidan beri Adliya vaziri).

Qishloq xo‘jaligi vaziri — Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev (1979 yilda tug‘ilgan, 2019 yil yanvaridan beri Qishloq xo‘jaligi vaziri).

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri — Inom Urishevich Majidov (1963 yilda tug‘ilgan, 2017 yil iyunidan beri Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri).

Xalq ta'limi vaziri — Sherzod Hotamovich Shermatov (1977 yilda tug‘ilgan, 2018 yil iyunidan beri Xalq ta'limi vaziri).

Jismoniy tarbiya va sport vaziri — Dilmurod Hamidullayevich Nabiyev (1978 yilda tug‘ilgan, 2018 yil iyulidan beri Jismoniy tarbiya va sport vaziri).

Sog‘liqni saqlash vaziri — Alisher Qayumovich Shodmonov (1962 yilda tug‘ilgan, 2017 yil fevralidan beri Sog‘liqni saqlash vaziri).

Energetika vaziri — Alisher Saidabbosovich Sultonov (1967 yilda tug‘ilgan, 2019 yil fevralidan beri Energetika vaziri).

Suv xo‘jaligi vaziri — Shavkat Rahimovich Hamroyev (1964 yilda tug‘ilgan, 2018 yil fevralidan beri Suv xo‘jaligi vaziri).

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri — Shuhrat Muhammadjonovich Sodiqov (1969 yilda tug‘ilgan, 2018 yil avgustidan beri Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri).

Qurilish vaziri — Botir Erkinovich Zokirov (1963 yilda tug‘ilgan, 2019 yil sentyabridan beri Qurilish vaziri).

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri — Nozim Baxtiyorovich Husanov (1976 yilda tug‘ilgan, 2019 yil sentyabridan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri).

Innovatsion rivojlanish vaziri — Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov (1975 yilda tug‘ilgan, 2017 yil noyabridan beri Innovatsion rivojlanish vaziri).

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri — Sardor O‘ktamovich Umurzoqov (1977 yilda tug‘ilgan, 2019 yil yanvaridan beri Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri — Muzaffar Xoldorboyevich Soliyev (1975 yilda tug‘ilgan, 2017 yil iyulidan beri Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri).

Madaniyat vaziri — Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov (1974 yilda tug‘ilgan, 2017 yil avgustidan beri Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari edi).

Maktabgacha ta'lim vaziri — Agrippina Vasilevna Shin (1958 yilda tug‘ilgan, 2017 yil oktyabridan beri maktabgacha ta'lim vaziri).

Davlat qo‘mitalari raislari

Davlat soliq qo‘mitasi raisi — Behzod Anvarovich Musayev (1973 yilda tug‘ilgan, 2018 yil dekabridan beri Davlat soliq qo‘mitasi raisi).

Davlat statistika qo‘mitasi raisi — Bahodir Abdusalomovich Begalov (1968 yilda tug‘ilgan, 2017 yil mayidan beri Davlat statistika qo‘mitasi raisi).

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi — Bobir Farhodovich Islomov (1984 yilda tug‘ilgan, 2017 yil iyulidan beri Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi).

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi — Murotjon Berdialiyevich Azimov (1976 yilda tug‘ilgan, 2018 yil fevralidan beri Davlat bojxona qo‘mitasi raisi).

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi — Abdushukur Hamidovich Abdullayev (1959 yilda tug‘ilgan, 2017 yil martidan beri Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi).

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi — Nizomiddin Jalilovich Bakirov (1968 yilda tug‘ilgan, 2017 yil mayidan beri O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi).

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi — Bahrom To‘lqinovich Qo‘chqorov (1972 yilda tug‘ilgan, 2017 yildan beri Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi).

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi — Bahromjon To‘rayevich Norqobilov (1973 yilda tug‘ilgan, 2019 yil martidan beri Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi).

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi — Baxtiyor Vahobovich G‘ulomov (1966 yilda tug‘ilgan, 2019 yil fevralidan beri Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari va qo‘mita raisi vazifasini bajaruvchi edi).

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi raisi — Oybek Ortiqovich Ismoilov (1976 yilda tug‘ilgan, 2018 yil noyabridan beri mudofaa vazirining qurollanish va ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari edi).

Deputat Viktor Pak

Suratlar muallifi – Nuriddin Nursaidov.

Mavzuga oid