Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda 308 nafar mehnat muhojirining jasadi O‘zbekistonga olib kelingan
2019 yilda xorijda ishlash chog‘ida vafot etgan 308 nafar mehnat muhojirining jasadi O‘zbekistonga olib kelingan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Baxtiyor Tursunov 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Xorijga ishlashga ketgan fuqarolarimizning o‘sha yerda vafot etishi – juda ayanchli holat. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda xorijdagi mehnat faoliyati davomida vafot etgan fuqarolarning jasadi qaysi holatlarda jamg‘arma hisobidan olib kelinishi belgilab qo‘yilgan.

Shunga qaramay mazkur masala bo‘yicha murojaat qilganlarning hech biriga rad javobini bermaganmiz”, deya Baxtiyor Tursunovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda qayd etilishicha, xorijda ishlayotgan vaqtida vafot etgan fuqarolarning jasadini jamg‘arma hisobidan O‘zbekistonga olib kelish uchun ko‘p hujjat talab etilmaydi. Mutasaddilarga ko‘ra buning uchun murojaat muallifining shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda vafot etgan fuqaroning o‘limi haqidagi ma'lumotnoma bo‘lsa kifoya.
“Vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga qaytarish ikkita jarayondan – jasadni olib ketishga tayyorlash va transportirovka qilishdan iborat. Fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish xarajatlarining chegaralangan miqdori bor.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra bu miqdor fuqaro vafot etgan davlatiga qarab 1000-1500 dollarni tashkil etadi. Bu pul transport xizmatlari va boshqa xarajatlarni qoplashga sarflanadi”, deydi Baxtiyor Tursunov.
Mavzuga oid
21:50 / 26.04.2023
“Otamiz borligini his qilmay ulg‘ayyapmiz” - migrantlarning bolalari
22:09 / 26.02.2023
Italiya janubida migrantlar kemasi cho‘kib ketdi. Kamida 58 kishi halok bo‘lgan
23:56 / 13.12.2022
Xorijda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik migrantlar soni ma’lum qilindi
18:34 / 20.09.2022