Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent - Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar o‘rtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib o‘tadi, chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan
Rossiyaga boruvchi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 15 fevral kunidan e'tiboran Toshkent-Omsk yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishda Uzautotrans Service korxonasi o‘z avtobuslarida xizmat ko‘rsatadi. Qatnovlar haftaning seshanba va shanba kunlariga belgilangan. Shaharlar o‘rtasidagi 2200 km masofani avtobuslar 32 soatda bosib o‘tadi.
Ushbu yo‘nalish bo‘ylab ilk avtobus 15 fevral kuni soat 18:00da “Toshkent” avtovokzalidan Omsk shahrining “Komarova” avtovokzali tomon harakatlanishni boshlaydi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha chipta narxi 450 000 so‘m etib belgilangan.
“Uzautotrans service korxonasi tomonidan yo‘lovchilarga yuqori darajada servis xizmatini ko‘rsatish va tashuvlar xavfsizligini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Yo‘nalishga chiqishdan oldin avtobuslar texnik ko‘rikdan haydovchilar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yo‘lovchi tashish faoliyati sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalangan”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar
19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
14:39 / 13.05.2025