O‘zbekiston | 10:03 / 12.02.2020
4087
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Fiskal institut tashkil etiladi 

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e'lon qilindi.

2020 yil 1 aprelga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. 

Loyihada:

Davlat soliq qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish;

bu jarayonga nufuzli xorijiy ekspertlarni jalb qilish;

soliq organlari tizim uchun malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish tartibi belgilanadi.

Ijro uchun mas'ullar - Davlat soliq qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid