Jamiyat | 08:15 / 13.02.2020
10433
1 daqiqa o‘qiladi

«Salar» temiryo‘l bekatida sodir bo‘lgan YTH haqida rasmiy ma'lumot berildi

“Salar” temiryo‘l bekati yaqinidagi joyda “Matiz” elektrovoz bilan to‘qnashdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

2020 yil 7 fevral kuni taxminan soat 6:20larda Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lidagi “Salar” temiryo‘l bekati yaqinidagi tartibga solinmagan temir yo‘lni kesib o‘tiladigan joyda yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 

“Matiz” avtomobili haydovchisi, 66 yoshli A.A. Oxunboboyev-Chuqursoy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlangan mashinist B.R. boshqaruvidagi 3471-sonli poyezdning 2458-sonli elektrovoz bilan to‘qnashgan.

YTH sababi: “Matiz” avtomobili haydovchisi yaqinlashayotgan poyezd yo‘qligiga ishonch hosil qilmasdan va uni o‘tkazib yubormasdan temir yo‘lni kesib o‘tiladigan joyga chiqqan.

Mavzuga oid