O‘zbekiston | 07:34 / 27.02.2020
33629
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda «inomarka»lar importi keskin qisqardi

Yanvar oyida o‘zbekistonliklar 25,5 million dollarlik «inomarka»larni import qildi

Foto: RIA Novosti

2020 yilda avtomobillar importi keskin qisqardi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak bermoqda.

Yanvar oyida o‘zbekistonliklar 25,5 million dollarlik «inomarka»larni import qildi. Bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 28,4 million dollarga kam.

Bunday keskin pasayish 2019 yil davomida 40 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi avtomobillarni olib kirishda qo‘llanilgan imtiyozlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilingani bilan izohlanishi mumkin.

Avvalroq, o‘zbekistonliklar 2019 yilda «inomarka»larga qancha sarflagani ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid