Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya migrantlar oqimini to‘xtatib turish uchun Gretsiyaga politsiya jo‘natadi
Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan so‘ng migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegaralarini ochib yubordi.
Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer hukumat migrantlar oqimini to‘xtatib turish uchun Gretsiyaga chegara politsiyasini jo‘natishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
"E'tiborimizni tashqi chegaralarimizdagi odamlarni to‘xtatishga qaratishimiz shart", - dedi Nexammer OE24 telekanaliga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya xavfsizlik xizmatiga "har qanday - kadrlar, moddiy va moliyaviy yordam" zarur.
Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlashganidan so‘ng migrantlar va qochqinlar oqimini to‘xtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan chegaralarini ochib yubordi. Shundan keyin minglab migrantlar Gretsiya chegarasiga yetib keldi. Uch kun ichida chegarani noqonuniy kesib o‘tishga bo‘lgan 20 mingga yaqin urinishning oldi olindi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025