O‘zbekiston | 07:34 / 23.03.2020
30274
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobillar importi 300 mln dollardan oshdi

O‘zbekiston 300,2 million dollarlik avtomobillar import qildi

Foto: Za rulem

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston 300,2 million dollarlik avtomobillar import qilgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan oshmagan.

Bundan oldin, 2020 yilda avtomobillar importi keskin qisqargani xabar berilgandi.

Xususan, yanvar oyida o‘zbekistonliklar 25,5 million dollarlik «inomarka»larni import qildi. Bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan 28,4 million dollarga kam.

Bunday keskin pasayish 2019 yil davomida 40 ming AQSh dollaridan ortiq qiymatdagi avtomobillarni olib kirishda qo‘llanilgan imtiyozlar 2020 yil 1 yanvardan boshlab bekor qilingani bilan izohlanadi.

Mavzuga oid