G20 sammiti tarixda birinchi marta virtual tarzda o‘tkazilmoqda
«Katta yigirmatalik»ning koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan tarixdagi birinchi virtual sammiti boshlandi.
Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabar berdi.
Joriy yilda G20’da Saudiya Arabistoni raislik qilmoqda. Shu munosabat bilan Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud birinchi bo‘lib so‘z oldi.
“Biz uchrashuvimizni dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari yetakchilari sifatida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi mas'uliyatimizni namoyish qilib o‘tkazmoqdamiz. Bu kurash bizdan turli darajalarda qat'iy choralar qabul qilishni talab qiladi”, deb aytgan Saudiya Arabistoni podshohi.
Uning ta'kidlashicha, “Katta yigirmatalik” a'zolari joriy inqirozni va uning oqibatlarini yengib o‘tish uchun rivojlanayotgan va kam rivojlangan davlatlarga yordam qo‘lini cho‘zishlari kerak.
“Yigirmatalik”ning navbatdan tashqari sammitiga Ispaniya, Iordaniya, Singapur va Shveytsariya qo‘shilgan. Vetnam sammitda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasini, JAR Afrika ittifoqini, BAA Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashini, Ruanda esa Afrikani rivojlantirish manfaatlari yo‘lida yangi hamkorlikni bildirmoqda.
Shuningdek, sammitda xalqaro tashkilotlardan BMT, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Jahon savdo tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki guruhi, Moliyaviy barqarorlik kengashi, Xalqaro valuta jamg‘armasi ishtirok etadi.
Shoshilinch sammitning mavzusi koronavirus pandemiyasi va uning global iqtisodiyotga ta'siri hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:01 / 08.11.2024
Turkiy davlatlar tashkilotining yangi bayrog‘i qabul qilindi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
17:05 / 04.11.2024
O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistondagi TDT sammitida ishtirok etishi kutilmoqda
17:16 / 01.11.2024