Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In og‘ir ahvolda ekani rad etildi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In og‘ir ahvolda ekani rad etildi. Koreya do‘stlik assotsiatsiyasi direktori Alexandro Kao bu haqda tvitterdagi sahifasida post qoldirdi.
«Rasman: Bizning marshal Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomon ekani haqidagi xabar noto‘g‘ri va yomon maqsadni ko‘zlab tarqatilgan. Xavotir olganingiz uchun rahmat, ammo jurnalistlardan ma'lumot manbasini tekshirishni va sensatsiyaga o‘ch bo‘lmaslikni so‘rab qolardim», deb yozgan Alexandro Kao o‘z mikroblogida.
Bu 52 mingdan ko‘proq o‘quvchiga ega akkauntga tvitter tomonidan «haqiqiy» (verified) belgisi berilmagan, ammo Bloomberg bu postga asoslanib xabar tarqatdi.
Oldinroq Shimoliy Koreya mehnat partiyasi rahbari va mamlakat yetakchisi Kim Chen In yurak operatsiyasini o‘tkazgani, jarrohlik amaliyotidan so‘ng u o‘sal holatga tushib qolgani xabar qilingandi. Shimoliy Koreyada bu borada rasman hech qanday ma'lumot berilmagan.
Kim Chen In 12 apreldan buyon ko‘rinish bermayotgani, jumladan, 15 aprel kuni mamlkatda eng katta bayram hisoblangan bobosining tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda qatnashmagani ko‘pchilikda shubha uyg‘otdi. Shundan so‘ng, u haqda turli xil mish-mishlar tarqala boshladi.
Oldinroq Reuters o‘z manbalariga tayanib, Xitoy Shimoliy Koreyaga Kim Chen Inni tekshirish uchun shifokorlar guruhini yuborganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025