Fan-texnika | 22:48 / 27.04.2020
3828
1 daqiqa o‘qiladi

Apple koronavirus sababli yangi iPhone’larni ommaviy ishlab chiqarishni kechiktirishi mumkin

Kechikish koronavirus pandemiyasi sababli jahonda talabning susayishi va Osiyoga butlovchi qismlar yetkazib berish zanjirining izdan chiqishi bilan bog‘liq.

Foto: Reuters

Kompaniya odatda yangi iPhone modellarini sentabr o‘rtalarida taqdim etadi va oy oxiriga qadar savdoga chiqaradi.

Apple kompaniyasi o‘zining yangi iPhone smartfonlarini ishlab chiqarishni taxminan bir oyga kechiktirishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

Kechikish koronavirus pandemiyasi sababli jahonda talabning susayishi va Osiyoga butlovchi qismlar yetkazib berish zanjirining izdan chiqishi bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.

WSJ manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Apple 2020 yil oxirlarida to‘rtta yangi iPhone modelini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya odatda yangi iPhone modellarini sentabr o‘rtalarida taqdim etadi va oy oxiriga qadar savdoga chiqaradi. Buning uchun Apple yoz boshlarida ommaviy ishlab chiqarishni kuchaytiradi. Manbalarning aytishlaricha, bu yil ushbu jarayon bir oy ortga suriladi.

Mavzuga oid