Jahon | 14:58 / 16.05.2020
4307
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh JSSTga badal to‘lashni davom ettirmoqchi

AQSh Xitoy JSSTga qancha miqdorda badal to‘lasa, shuncha miqdorda badal to‘lashga roziligini bildirgan.

Foto: REUTERS/Denis Balibouse

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST)  moliyalashtirishni qismat tiklash niyatida. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.

Qo‘shma Shtatlar "Xitoy qancha miqdorda badal to‘lasa, shuncha miqdorda badal to‘lashga rozi", deb xabar qilmoqda Fox News JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesusga yo‘llangan maktubga asoslanib.

Agarda AQSh Xitoy bilan bir xilda badal to‘laydigan bo‘lsa, u holda bu uning ilgarigi badali miqdorining o‘ndan biriga teng bo‘ladi, deya qayd etadi telekanal.

AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining eng yirik donori edi. Tramp 14 apreldan JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ydi. Uning fikricha, tashkilot pandemiya vaqtida o‘ziga berilgan vazifani uddalay olmadi va bu uchun jazolanishi kerak.

Trampning aytishicha, AQSh har yili JSST hisob raqamiga 400-500 million dollar berayotgan bir vaqtda Xitoy bu tashkilotga yillik 40 million dollar ajratadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid