Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung kompaniyasi QLED televizorlari ekrani kuyishidan 10 yillik kafolat beradi
2019-2020 yil Samsung QLED televizorlarining xaridorlari endi ekran kuyishiga qarshi 10 yillik kafolatga ega bo‘ladilar.
Ekran kuyishi – aksariyat plazma televizorlari egalariga tanish bo‘lgan va keng tarqalgan muammo. Agarda televizor o‘chirilganda, video o‘yinlar yoki kanallarga o‘tish chog‘ida ekranda avvalgi tasvir izlari paydo bo‘lsa – aynan shu holat kuyish jarayonidir. Piksellar noto‘g‘ri ishlamoqda yoki umuman ishlamayapti, shu sababdan logotiplar, menyu qatorlari va boshqa elementlar uzoq vaqt ko‘rinib turadi.

Televizorning kuyishga moyilligi – displey va tabiiyki, televizorning o‘zi qancha uzoq vaqt xizmat qilishining asosiy ko‘rsatkichidir. Samsung kompaniyasining QLED – televizorlari kuyish haqidagi muammoni unutish mumkin bo‘lgan ilk qurilmalardan biri. QLED ekranlarining ishonchliligi vaqt o‘tishi bilan buzilmaydigan noorganik kvant nuqtalarining qo‘llanilishidan iborat.
Displeylar kuyib qolish hollariga uchramaydi va uzoq yillar ajoyib tasvirlar sifatini ta'minlaydi.
2019 va 2020 yillarda ishlab chiqarilgan QLED rusumidagi televizorlarini xarid qilganda, Samsung kompaniyasi barcha xaridorlarga piksellar kuyishiga qarshi 10 yillik kafolatni taqdim etadi. Agarda siz QLED televizori sohibi bo‘lishga ulgurgan bo‘lsangiz, u holda elektron kafolat sertifikatini onlayn shaklda qo‘lga kiritishingiz mumkin. Buning uchun kompaniya sayti orqali shaxsiy ma'lumotlaringizni, televizorning seriya raqamlarini va xarid maskanini ko‘rsatgan holda ro‘yxatdan o‘tishning o‘zi yetarli.
Samsung 14 yildan beri o‘z iste'molchilarining ehtiyojlarini o‘rgangan va qoniqtirgan holda, televizorlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Yangi ilg‘or texnologiyalar tufayli QLED televizorlari uzoq yillar davomida tasvirlarning yorqinligi va haqiqiyligidan bahramand bo‘lishga imkon beradigan oqilona xarid bo‘lib qoladi.
Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan
Instagram: @samsunguzbekistan
Telegram: t.me/SamsungUzbekistan
Sayt: samsung.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi
21:15 / 03.03.2025