Jamiyat | 19:44 / 30.05.2020
5118
1 daqiqa o‘qiladi

«Farhod» bozori yopilishi to‘g‘risida tarqalgan xabarlar rad etildi

Tuman sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori A. Hasanovning ma'lum qilishicha, bozor hududida koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

Uchtepa tumani hokimligi Feysbukdagi guruhlardan birida 1 iyundan “Farhod” dehqon bozori 15 kunga yopilishi to‘g‘risida tarqalgan xabar haqiqatga zid ekanligini ma'lum qildi.

Uchtepa tumani sanitar-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori A. Hasanovning ma'lum qilishicha, bozor hududida koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan.

“Bozor odatdagi tartibda ishlashda davom etadi. Fuqarolardan ma'lumotlarni rasmiy manbalardan tekshirib olishni va yolg‘on axborot tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi Uchtepa tumani hokimligi matbuot xizmati tomonidan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid