AQShning 3 ta shahrida noroziliklar sababli komendantlik soati kiritildi
AQShning Denver (Kolorado shtati), Tsinsinnati (Ohayo shtat) va Miluoki (Viskonsin shtati) shaharlari merlari Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan ushlangandan keyin vafot etgani bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan noroziliklar sababli o‘z hududlarida komendantlik soati kiritdilar.
“Biz barcha xavfsizlikda bo‘lishini istaymiz. Shu sababli bugungi kundan [30 may] 1 iyungacha soat 20dan 5gacha shaharning butun hududi bo‘ylab komendantlik soati kiritiladi”, deb yozgan Denver meri Maykl Xenkok Twitter’da.
Tsinsinnati meri Jon Kranli ham shaharni qamrab olgan tartibsizliklar sababli 30 va 31 may kunlari mahalliy vaqt bilan soat 22dan 6gacha komendantlik soati joriy qilinishini ma'lum qilgan.
Miluoki meri Tom Barrett esa shaharda 30 may kuni soat 21dan komendantlik soati kiritilishini e'lon qilgan. Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 29 maydagi norozilik namoyishlari vaqtida politsiyachilardan biriga o‘q uzilgan, biroq uni bronejileti qutqarib qolgan.
25 may kuni Minneapolis shahrida 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floydni qo‘lga olish chog‘ida politsiyachi uni o‘ldirib qo‘ydi. Floydning o‘limi xabariga javoban Minneapolisda politsiya zo‘ravonligi va irqiy tengsizlikka qarshi namoyishlar boshlanib ketdi. Shaharda tartibsizliklar, talonchilik va binolarga o‘t qo‘yishlar yuz berdi. Minneapolis markazida bir necha yirik yong‘in ro‘y berdi, ko‘plab do‘konlar to‘liq yonib ketdi.
Mavzuga oid
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024