Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda 15 iyundan bozor, qahvaxona va restoranlar ochiladi
Ta'kidlanishicha, aholining shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilishi, tibbiy niqoblardan foydalanishi majburiy bo‘lib, ushbu talabga amal qilmaganlarga nisbatan jarima jazosi qo‘llaniladi.
Tojikiston koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika shtabi karantin sababli faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan ayrim obektlarning qaytadan faoliyat boshlashiga ruxsat berdi.
"Tojikistonda Covid-19 infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yaxshilanib borayotganligi sababli respublika shtabi 15 iyundan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot va muassasalarning faoliyat boshlashiga ruxsat berishga qaror qildi", - deyiladi shtab xabarida.
Qarorga muvofiq, savdo markazlari, bozorlar, mehmonxonalar, sanatoriylar, oshxonalar, qahvaxonalar, restoranlar, go‘zallik salonlari va boshqa obektlar ijtimoiy masofalanish, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi me'yorlarga rioya qilgan holda ochiladi.
Ta'kidlanishicha, aholining shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilishi, tibbiy niqoblardan foydalanishi majburiy bo‘lib, ushbu talabga amal qilmaganlarga nisbatan jarima jazosi qo‘llaniladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4370 nafar bo‘lib, 48 kishi vafot etgan, 2491 kishi sog‘aygan.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024