Jahon | 01:01 / 09.06.2020
15151
1 daqiqa o‘qiladi

Mariya Zaxarovaga Rossiyadagi eng yuqori diplomatik martaba berildi

Foto: Anton Novoderejkin/TASS

Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga eng yuqori diplomatik martaba – favqulodda va muxtor elchi martabasi berildi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolagan.

“Rossiya tashqi ishlar vazirligining axborot va matbuot departamenti direktori Zaxarova Mariya Vladimirovnaga favqulodda va muxtor elchi diplomatik martabasi berilsin”, deyilgan farmonda.

Favqulodda va muxtor elchi Rossiyadagi eng yuqori diplomatik martaba hisoblanadi. Bu martabaga ega shaxs diplomatik xizmatdan ketgandan keyin iste'fodagi favqulodda va muxtor elchi unvonini oladi.

44 yoshli Mariya Zaxarova MGIMOning xalqaro axborot fakultetini xalqaro holat bo‘yicha jurnalist mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. Ingliz va xitoy tillarini biladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining axborot va matbuot departamenti direktori lavozimida 2015 yil avgustdan beri faoliyat yuritib keladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid