AQSh milliy gvardiyasi jangchilari namoyishlar vaqtida koronavirus yuqtirib olishdi
AQSh milliy gvardiyasining Vashingtondagi bo‘linmasida xizmat qiluvchi bir qator jangchilar norozilik namoyishlaridagi ishdan keyin koronavirusga chalindilar. Bu haqda milliy gvardiya matbuot kotibi Bruk Devis ma'lum qildi.
Vashingtonda afroamerikalik Jorj Floyd o‘limidan keyin yuz bergan namoyishlar ishtirokchilarini ushlab turish uchun 5 mingga yaqin askar va uchuvchi safarbar qilingan. Ulardan 1,2 ming nafari Vashingtonning o‘zidan bo‘lgan, qolganlari esa boshqa hududlardan jalb qilingan.
Devisning ta'kidlashicha, virusga chalingan harbiylarning aniq soni oshkor qilinmaydi, biroq hozircha ular soni kam. Uning aytishicha, xodimlar himoyalanganligi uchun bo‘linmalar sardorlari javobgar hisoblanadi.
Devis barcha jangchilar o‘z shtatlariga qaytishdan oldin koronavirusga tekshirilishlarini aytgan. Ular uchun 2 haftalik karantin vaqtida ish haqi saqlanib qoladi.
7 iyunda AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh poytaxtidan milliy gvardiya olib chiqilishini ma'lum qilgan.
Vashingtondagi noroziliklar vaqtida huquq-tartibot idoralarining 114 xodimi jarohat olgan, ulardan 22 nafari shifoxonaga yetkazilgan. 3 iyunda Oq uyga olib borish yo‘llari namoyishchilardan og‘ir texnika bilan to‘sib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:21
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42