Jamiyat | 15:00 / 14.06.2020
28536
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Onless.uz onlayn avtomaktab platformasi taqdim etildi

Avtomaktablarda 1 iyundan boshlab haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalarida nazariy darslarni onlayn hamda amaliy mashg‘ulotlarni esa karantin talablariga to‘liq rioya etgan holda amalga oshirishga ruxsat berildi. Bu esa o‘z navbatida sifatli onlayn ta'lim jarayoni tashkil etishni talab qiladi.

Ammo ayrim hududlarda Telegram yoki Facebook tizimlari orqali, fleshka yoki disklar orqali o‘quvchilarga darslar taqdim etilmoqda. Ammo darslarni shunchaki o‘quvchiga yuborish orqali o‘quvchining darslarni ko‘rishi va o‘zlashtirishi to‘g‘risidagi savollarga javob topish qiyin masala.

Har bir dars yakunida testlar taqdim etiladi

Sifatli onlayn ta'limda o‘quvchilarning darslarni ko‘rish hamda onlayn darslarda ishtirok etish jarayonlarini nazorat qilish va o‘tilgan mavzu yuzasidan savol-javob qila olish imkoniyati muhim sanaladi. «YAKUBOV GLOBAL XOLDING» haydovchilarga onlayn ta'lim tashkil etish bo‘yicha Onless.uz platformasini taklif etadi. Mazkur platforma quyidagi imkoniyatlarga ega:

- tizim har bir o‘quvchining qaysi videodarsni ko‘rganini avtomatik yozib boradi. Bunda o‘quvchi darsni to‘liq ko‘rgan holatdagina tizim mazkur darsni ko‘rilgan deb hisoblaydi. Qolgan barcha holatlarda videodars ko‘rilmagan deb hisoblanadi. Bu esa videodarslar ustidan nazorat o‘rnatilishini ta'minlaydi;

Darslar ustidan nazorat

- dasturga SMS ulangan bo‘lib, avtomaktablar o‘quvchini ro‘yxatga olish jarayonlarida o‘quvchiga quyidagicha SMS ham boradi:

Xar bir o‘quvchiga avtomatik SMS xabarnoma boradi

- darslar to‘liq onlayn tashkil etiladi va bir xil ssenariy asosida butun respublikada yagona platformada bo‘ladi;

- darslar oxirida nazorat test savollari berilgan bo‘lib, bu avtomaktab o‘quvchisining o‘zlashtirish darajasini aniqlashda yordam beradi;

- onlayn tizim alohida qurilma tanlamaydi. Avtomaktab o‘quvchisi istalgan qurilmadan onless.uz manzili orqali o‘ziga berilgan login va parol bilan kirishi mumkin;

- darslarni istalgan vaqtda ko‘ra olishi. Bunda o‘quvchi hafta davomida ishda bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlarida esa bemalol darslarga qatnashaveradi;

- har bir avtomaktab o‘quvchisiga individual profil (kabinet) beriladi. Avtomaktab rahbariyati har bir o‘quvchining dars olish jarayonini kuzatib boradi;

- doimiy yangilanib boradigan videodarslar (videodarslarni bilim darajasi yuqori avtomaktab o‘qituvchilari tomonidan yozilayotganini hisobga olib, darslarning sifat darajasi talabga qarab o‘zgarib boradi;

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qaroriga asosan «YAKUBOV GLOBAL XOLDING» MChJ korxonasi tomonidan joriy etilgan amet.uz avtomatlashgan tizimi 150dan ortiq avtomaktablarga o‘rnatilganini hisobga olgan holda, dasturning keyingi versiyasida amet.uz tizimi bilan integratsiya bo‘lib, barcha ma'lumotlar yagona serverda va yagona dasturda birlashadi. Bu esa avtomaktablar uchun juda ham qulaydir;

- dastur yuqori veb dasturlash texnologiyalarida yozilgan, yuqori himoya tizimi bilan ta'minlangan, shuningdek, tizimdan internet tezligi past bo‘lgan holatlarda ham foydalanish mumkin.

Dasturda doimiy yangilanishlar va o‘zgarishlar amalga oshirib boriladi, shuningdek, foydalanuvchilar talablari ham inobatga olinadi. Dasturdan pandemiya davridan so‘ng ham foydalanish mumkin. Avtomaktablarda o‘qiydigan davlat organi xodimlari, muddatli (15 kun ishda, 15 kun uyda) bo‘ladigan o‘quvchilar, qisqasi avtomaktabga har kuni kelish imkoniyati yo‘q barcha onlayn tarzda o‘qish rejimida davom ettirishi mumkin. Buning afzallik tomoni shundaki, o‘quvchi tomonidan hafta davomida o‘tkazib yuborilgan darslar dam olish kunlari yoki bo‘sh vaqtlarda o‘zlashtirish imkonini beradi. Ko‘pchilik hollarda o‘quvchi ishlaydi, o‘qiydi va charchaydi. Kechga yaqin 4 soat nazariy darsga o‘zi istamagan holda o‘tiradi (ayrim o‘quvchilar). Onless.uz tizimi esa ularga ta'lim olish jarayonini o‘ziga mos vaqtni tanlashi mumkin bo‘lgan, ta'lim sifatini oshiruvchi vositadir.

Eng ko‘p beriladigan savollar:

1. Tizimga tushunmasak nima qilamiz?

– Tizim to‘liq o‘zbek tilidaligini inobatga olsak, uni tushunish juda oson. Undan tashqari, doimiy konsultatsiya xam beramiz.

2. Amet.uz tizimi qayerlarda o‘rnatilgan?

– Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Qoraqalpog‘iston, Toshkent viloyati Toshkent shahri va Navoiy viloyatlaridaga avtomaktablarga o‘rnatilgan.

3. Amet.uz avtomatlashgan tizimini va onlayn platformani bir vaqtda sotib olsak, yoki avval Amet.uz Avtomatlashgan tizimini sotib olgan bo‘lsak, chegirmalar bormi?

– Albatta. 800 000 so‘m chegirma bor.

Amet.uz Avtomatlashgan avtomaktab tizimi (408-son qaror Vazirlar Maxkamasining 31-may 2018-yil)

4. 2-3 oydan keyin karantin tugasa, tizim tamom to‘xtaydimi?

– Bundan keyin onlayn ta'lim davr talabi bo‘lib qoladi. Shunday ekan, tizim sizning avtomaktabingizga kelolmaydigan yoki dars o‘tish vaqtingizda darsda bo‘lolmaydigan o‘quvchilar uchun ishlayveradi. Bu judayam qulay bo‘ladi. 

5. Ushbu dastur orqali avtomaktabga to‘liq onlayn ta'limni tashkil etgan holda ishlashga ruxsat olsa bo‘ladimi?

– Albatta, dastur onlayn ta'lim talablarini to‘liq bajargan holda yaratilgan (dasturni oddiy dasturchilar emas, doimiy avtomaktab sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar yaratgan. Dasturdan foydalanish bo‘yicha shartnomani amalga oshirgan 10dan ortiq maktablarga darslarni tashkil etishga ruxsat berildi. Bundan avvalgi amet.uz (Avtomatlashgan avtomaktab tizimi) tizimi 150dan ortiq maktablarga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi 408-sonli qarorini ta'minlagan holda o‘rnatilgan va avtomaktablarning litsenziya olish jarayonini ta'minlagan. Yangi onlayn platforma ham 50dan ortiq avtomaktablar, Ta'lim inspeksiyasi va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati talablarini hisobga olgan holda yaratilgan.

Qo‘shimcha savollar va shartnoma qilish masalasida

📞 +998972800809 (Salohiddin)

📞 +998919791999 (Sirojiddin)

📞 +998906366264 (Salohiddin)

Reklama huquqi asosida

 

 

Mavzuga oid