Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘ldagi qo‘shma korxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi
25 iyun kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani «Qirsadoq» MFY, Toshkent shohko‘chasida joylashgan Global Comsco Daewoo MChJ qog‘oz ishlab chiqarish Koreya-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilishicha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 36ta yong‘in-qutqaruv guruhi tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, korxona ichidagi 5000 kv.m maydonda yong‘in kelib chiqqan. Ayni vaqtda alanga o‘rab olinib, vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Shuningdek, yong‘inni bartaraf etish uchun hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar FVB boshliqlari, tuman hokimligi yetib borgan.
Yong‘in oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan. Hozirda o‘t o‘chirish ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025