Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST chegaralar ochilganidan so‘ng vaziyat yomonlashishi mumkinligini bildirdi
Yevrokengash 1 iyuldan Yevroittifoq chegaralari qaysi mamlakatlar uchun ochilayotganligi to‘g‘risidagi hujjatni e'lon qilgandi.

Foto: RIA Novosti
Agarda mamlakatlar COVID-19dan himoyalanmagan holda chegaralarni ochishda davom etadigan bo‘lsa, vaziyat eng yomon ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma'lum qildi.
"Agar mamlakatlar sog‘liqni saqlash tizimi uchun vaziyatni bartaraf etish imkoniyatisiz ochilishda davom etadigan bo‘lsa, biz eng yomon ssenariy bilan to‘qnash kelishimiz mumkin", - dedi u.
Rayanning so‘zlariga ko‘ra, davlatlar yangi holatlarning ehtimoliy ko‘payishiga bas kelish uchun o‘z sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga e'tibor qaratishi shart.
Avvalroq Yevrokengash 1 iyuldan Yevroittifoq chegaralari qaysi mamlakatlar uchun ochilayotganligi to‘g‘risidagi hujjatni e'lon qilgandi.
Unga ko‘ra, birinchi bosqichda 14 mamlakat fuqarolariga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid

22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi

17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi

08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori

14:54 / 30.03.2025