Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida karantin choralari kuchaytiriladi
Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida karantin choralari kuchaytirilmoqda.
«Qarshi shahriga kirish-chiqish jiddiy nazoratga olinadi. Faoliyati to‘xtatilgan ayrim nazorat maskan(post)lari qayta tiklanadi», deyiladi viloyat maxsus komissiyasi qarorida.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatida shu vaqtgacha jami 201ta holat qayd etilgan. Bugungi tuzalganlar bilan viloyatda koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 119 nafarga yetdi. Shuningdek, bir bemor vafot etgan. Ayni vaqtda viloyatda 81 bemor davolanmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 26 iyundagi qaroriga ko‘ra, Qarshi shahri «yashil» hudud sifatida belgilangandi.
Bungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi Nukus shahrida 30 iyundan karantin choralari kuchaytirilgandi, shuningdek, 1 iyuldan Buxoro shahriga, 2 iyuldan Jizzax shahriga kirish-chiqishda nazorat qat'iylashtirildi.
Mavzuga oid
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
18:13 / 31.03.2025
Qarshi shahrida o‘zbek-nemis qo‘shma maktabi tashkil etiladi
16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi
16:41 / 14.03.2025