Tsement importiga doir tartiblarni soddalashtirish rejalashtirilmoqda
Bundan ko‘zlangan maqsad, sementni import asosida respublikaga olib kirishda xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga qulaylik yaratish hamda ichki bozorni sifatli sement bilan uzluksiz ta'minlash ekani aytilmoqda.
O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi – regulation.gov.uz portaliga sementni respublikaga soddalashtirilgan tartibda import qilishni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi joylashtirilgan.
Unda ko‘rinishicha, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi mazkur qaror loyihasining hammualliflari hisoblanadi.
Prezident qarori loyihasi qabul qilingudek nimalar o‘zgaradi?
Bojxona chegarasiga yetib kelgan sement “yashil yo‘lak” tizimi quyidagi tartiblardan birini qo‘llagan holda rasmiylashtirilishi mumkin:
Olib kirilayotgan sement namunasi import qiluvchi sub'yekt tomonidan ixtiyoriy ravishda sertifikat beruvchi idoraga beriladi. Uning sotilishi esa, ayni sertifikat olinganidan so‘nggina amalga oshiriladi;
So‘nggi 12 oyda berilgan sertifikat asosida olib kelingan sementni tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ariza “Yagona darcha” bojxona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tishi va sertifikatlash idorasi tomonidan qabul qilinishi hamda shartnoma tuzilishi sementni sotishga asos bo‘ladi;
Avval tuzilgan shartnoma doirasida olib kirilayotgan sement davriy ravishda laboratoriya sinovlaridan o‘tkazib turiladi.
Bundan tashqari, qaror loyihasida belgilanishicha, laboratoriya sinovi natijalariga ko‘ra, talablarga nomuvofiq deb topilgan sement to‘g‘risida bir kun muddatda xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va tegishli davlat organlari xabardor qilinadi;
Shu bilan birga, yaroqsiz sement sotilgan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi sub'yekt mahsulot sotuvidan tushgan tushumni xaridorlarga qaytaradi. Xaridorlarni aniqlash imkoni bo‘lmasa, respublika budjetiga olib qo‘yiladi.
Yaroqsiz sementni olib kirgan xo‘jalik yurituvchi sub'yekt olti oy davomida bu kabi mahsulotni olib kirishda bojxona “yashil yo‘lak” tizimidan foydalana olmaydi.
Texnik sifatsiz sementni realizatsiya qilish natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar, sementni import asosida olib kirgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlardan sud tartibida undiriladi. Shuningdek, olib kiruvchi sub'yektlarga bojxonada rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aks ettirilgan mahsulot qiymatining 25 foizi, ushbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa, sifatsiz sementni sotgan taqdirda sement to‘pining qiymatidan 25 foizi, ushbu holat takroran sodir etilganda 50 foizi miqdorida jarima qo‘llaniladi.
sertifikatlashtirish organi sementning muvofiqligini baholash qoidalarini buzganligi aniqlangan taqdirda, mazkur holat yuzasidan ko‘rsatilgan xizmat qiymatining 5 barobari va ushbu holat takroran aniqlanganida 10 barobari miqdorida ushbu sertifikatlashtirish organiga jarima qo‘llaniladi, shuningdek olti oy mobaynida sementning muvofiqligini baholashga yo‘l qo‘yilmasligi prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
15:11 / 05.11.2024
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
15:20 / 19.10.2024
RFga import qiluvchilar soxta tranzit yordamida sanksiyalarni chetlab o‘tyapti
15:00 / 16.10.2024
Sanoat zonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning BAAga importi tashkil etiladi
12:36 / 13.10.2024