Tekshiruvga kelgan isitmali bemorni tibbiyot muassasasiga kiritmaslik katta xato - shifokor
Mass-media fondi, Kun.uz va Milliy telekanali hamkorligida boshlangan «Tez yordam» loyihasining birinchi sonida o‘zida koronavirus alomatlarini sezayotgan bemorlarga onlayn konsultatsiyalar berildi.
Loyiha boshlovchisi, Mass-media fondi rahbari Komil Allamjonov juda ko‘p bemorlarga holatidan kelib chiqib, MRT, rentgen ko‘rigidan o‘tish to‘g‘risida buyurilayotgani, biroq bemorlarda isitma va boshqa alomatlar bo‘lgani uchun ular tibbiyot muassasalariga kiritilmayotgani haqida savol bilan murojaat qildi.
Immunolog-infeksionist, tibbiyot fanlari nomzodi Aziza Xo‘jayeva bunday qilish boshidan noto‘g‘ri bo‘lganini aytdi.
«Tibbiyot muassasalariga bemorlar tomoq og‘rig‘i yoki isitma bilan murojaat qilishi mumkin. Bemorning isitmasi bo‘lsa, tibbiyot muassasasining tashqarisida tur, deyish noto‘g‘ri. Mana hozir shuncha vaqt o‘tib, biz nimalar xato ekanini tushunyapmiz.
Bemor o‘zi xohlasa, oilaviy poliklinikasiga yoki xususiy klinikaga murojaat qilishi mumkin. Yoki xohlasa onlayn konsultatsiya olishi ham mumkin. Lekin onlayn konsultatsiya unchalik samarali deb o‘ylamayman. Bemorning o‘zini ko‘rish yaxshiroq», dedi shifokor.
U faqatgina isitmaning o‘zi bemor zararli ekanini bildirmasligi, biror simptomsiz kasallik tashiyotganlar ham ko‘pligini aytib o‘tdi.
«Agar isitmali bemordan o‘zini himoya qilish maqsadida tibbiyot muassasalari uni ichkariga kiritmasa ham, boshqa isitmasiz tashuvchilar bilan muloqot qilish holatlari kuzatilaverishi mumkin. Bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi», deydi mutaxassis.
Mavzuga oid
15:02 / 23.04.2021
Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi kun rekord qayd etildi
11:05 / 23.04.2021
Karantin: Andijon davlat universitetida o‘qish jarayonlari onlayn tartibga o‘tkazildi
17:40 / 22.04.2021
Hindistonda sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha jahon rekordi qayd etildi
18:32 / 21.04.2021