Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Koronavirus yo‘q narsa» – Germaniyada karantinga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
Germaniyada karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar «Koronavirus bo‘lmagan narsa» yozuvli bannerlar ko‘tarishdi.
Germaniya poytaxti Berlinda 20 mingdan ortiq odamlar karantinga qarshi namoyishda qatnashdi. Ularning aksari «Noodatiy fikrlovchilar» harakati a'zolari bo‘lgan. Ular oraliq masofani saqlamasliklarini ochiqchasiga aytib, karantinga amal qilmasliklarini bildirishdi. «Biz – ikkinchi to‘lqinmiz» deb qichqirgan namoyishchilar.
Unmasked and packed together, thousands of demonstrators marched in Berlin against the government’s latest coronavirus measures https://t.co/DBL1cxlOKU pic.twitter.com/ej8d1TFKZJ
— Reuters (@Reuters) August 1, 2020
Berlin ko‘chalariga chiqqanlar «Koronavirus bo‘lmagan narsa», «Emlash o‘rniga tabiiy himoya», «Og‘zimizni yopishga majbur qilishmoqda» yozuvlari bo‘lgan bannerlar ko‘tarishdi. Huquq tartibot organlari namoyishlarni tinchitishga urinishmadi va tashkilotchilardan bu karantinga qarshi ekanini, namoyishni to‘xtatishni so‘rashdi. Ular tinchimagach, politsiya aralashishga majbur bo‘ldi.
«Ular karantinga qarshi kurashdagi barcha ishlarimizni chippakka chiqarishmoqda. Minglab virus yuqtirganlar o‘zlarini ikkinchi to‘lqin deb atashmoqda. Bu iqtisodni tiklash borasidagi qilayotgan ishlarimizni ham yo‘qqa chiqaradi», degan sotsial-demokratlar partiyasi yetakchilaridan bo‘lgan Zaskiya Esken.
Bugungacha Germaniyada 211 mingdan ortiq odam koronavirus yuqtirgan. Ulardan 193 mingdan ortig‘i tuzalgan bo‘lsa, 9 226 nafari vafot etgan. Butun dunyoda esa koronavirus yuqtirganlar soni 18 millionga yaqinlashdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025