Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamenti 2 oktyabrga qadar faoliyatini to‘xtatdi
Parlament spikerining so‘zlariga ko‘ra, deputatlarning bir qismi qayta saylanish bo‘yicha kampaniya o‘tkazayotgani uchun ushbu qaror qabul qilingan.
Qirg‘iziston oliy qonunchilik organi deputatlari 4 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari munosabati bilan 2 oktyabrga qadar faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda parlament spikeri Dastanbek Jumabekov ma'lum qildi.
"Bugun deputatlar parlament faoliyatini 2020 yil 2 oktyabrgacha to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildilar", - dedi u.
Spikerning so‘zlariga ko‘ra, deputatlarning bir qismi qayta saylanish bo‘yicha kampaniya o‘tkazayotgani uchun ushbu qaror qabul qilingan.
"Ularning parlament minbaridan o‘z saylovoldi targ‘ibotida foydalanishi noto‘g‘ri bo‘ladi", - dedi Jumabekov.
Qirg‘izistonda parlament saylovlari 4 oktyabrda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. Ayni paytda mamlakat bosh qonunchilik organi tarkibidan oltita siyosiy partiya vakillari o‘rin olgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025