O‘zbekiston | 19:53 / 21.09.2020
17207
1 daqiqa o‘qiladi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudi raisi vafot etdi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudi raisi Muxammetdin Niyetullayev olamdan o‘tdi. 

O‘zbekiston Oliy sudi jamoasi jinoyat ishlari bo‘yicha Qorao‘zak tuman sudi raisi Muxammetdin Niyetullayevning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oila a'zolariga ta'ziya bildirgan.

Qoraqalpog‘istonlik sudyaning o‘limiga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.

Muxammetdin Niyetullayev koronavirus qurboni bo‘lgan birinchi sudya emas. 

31 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov koronavirus infeksiyasi asoratlaridan vafot etgani xabar qilingandi. 

15 sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudining sudyasi Shavkatjon Shodmonov koronavirus asoratlaridan vafot etgandi.

Mavzuga oid