Jamiyat | 10:00 / 21.09.2020
23940
2 daqiqa o‘qiladi

Parkent tumani hokimligidagi holat yuzasidan Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yuborildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab Bosh prokuraturaga so‘rovnoma yubordi.  

Toshkent viloyati Parkent tumani hokimligi tomonidan Mega Karer MChJdan “Captiva” rusumli avtomobil 260 mln. so‘mga sotib olingani, sotuvchi va sotib oluvchi mansabdor shaxs yaqin qarindoshlik aloqalariga ega ekani haqida ma'lumot tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, haqiqatdan ham Parkent tumani hokimligi “Captiva” avtomobili xarid qilgan va vositachi korxona ta'sischilaridan biri tuman hokimining o‘g‘li ekanligini tasdiqlagan.  

Yuqoridagi harakatlarda davlat hokimiyati vakilining o‘z mansabidan foydalangan holda korrupsiyaga yo‘l qo‘yish alomatlari mavjudligini inobatga olib, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazishni so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga so‘rovnoma yubordi.  

Holat yuzasidan OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma'lumot beriladi, deyiladi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati xabarida. 

Mavzuga oid