Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bedarak yo‘qolgan janubiy koreyalik amaldor Shimoliy Koreyada otib tashlandi
Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi Shimoliy Koreya chegarasi yaqinida yo‘qolib qolgan janubiy koreyalik amaldor Shimolda otib o‘ldirilgani, so‘ngra uning jasadi krematsiya qilinganini ma'lum qildi. Amaldor Janubiy Koreya dengiz va baliqchilik jo‘jaligi vazirligida ishlagan.
“Harbiylarimiz bu shafqatsiz xatti-harakatni qat'iyan qoralaydi va bunga tushuntirish berishga hamda aybdorlarni jazolashga chaqiradi”, deb aytilgan Janubiy Koreya mudofaa vazirligida. Vazirlikda taxmin qilinishicha, janubiy koreyalik Shimoliy Koreyaga qochishga urinish vaqtida o‘ldirilgan.
21 sentyabrda bortida yo‘qolgan amaldor bo‘lgan kema ikki davlat o‘rtasidagi dengiz chegarasidan 10 km uzoqlikda inspeksiyani amalga oshirgan. Amaldorning hamkasblari shu kuni uning yo‘qolgani haqida sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatini xabardor qilishgan. Shundan keyin dengiz va havo texnikasini jalb qilgan holda amaldorni qidirish bo‘yicha operatsiya boshlangan. Harbiy razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘qolgan amaldor Shimoliy Koreyada 22 sentyabrda aniqlangan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025