Jahon | 20:14 / 15.10.2020
20646
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus butun boshli mamlakatni bankrotlikka olib keldi

Agarda Zambiyaning uch milliard dollarlik obligatsiyalariga ega bo‘lgan investorlar hukumatning to‘lovlarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosini rad etadigan bo‘lsa, mamlakat inqirozga uchraydi.

Foto: Reuters

Zambiya Afrikadagi defolt e'lon qilgan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin. Koronavirus pandemiyasi butun boshli mamlakatni bankrotlikka olib keldi, deb yozadi Financial Times.

 Agarda Zambiyaning uch milliard dollarlik obligatsiyalariga ega bo‘lgan investorlar hukumatning to‘lovlarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosini rad etadigan bo‘lsa, mamlakat inqirozga uchraydi. Defolt xavfiga qaramasdan, obligatsiyalar egalari Zambiya hukumatining iltimosiga rad javobi berishni rejalashtirmoqda. Chunki hukumat kreditorlarning barchasiga bir xil munosabatda emas, deb yozmoqda nashr.

 Bundan tashqari, obligatsiyalar egalari Zambiya makroiqtisodiy muvozanatsizlikni bartaraf etish bo‘yicha rejasi to‘g‘risida yetarlicha ma'lumot bermaganidan norozi. So‘ndirish muddati 2024 yilda nihoyasiga yetadigan obligatsiyalar narxi defolt to‘g‘risidagi xabardan so‘ng uch foizdan ortiqqa tushib ketdi.

Koronavirus pandemiyasi fonida yuzdan ortiq mamlakat Xalqaro valuta jamg‘armasiga tezkor kredit yordami so‘rab murojaat qilgan. Ular orasida o‘nlab mamlakatlar defolt yoqasida qolgan.

Mavzuga oid