Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boksda yangi vazn toifasi paydo bo‘ladi
Butunjahon boks kengashi (WBC) yangi vazn toifasi – superkruzer kiritilishini e'lon qildi. Yangi vazn toifasi og‘ir va o‘ta og‘ir vazn toifalari orasida joylashadi.
Noyabrdan WBC’da joriy qilinadigan ushbu vazn toifasi yuqori chegarasi 101,6 kg bilan cheklanadi. Bunda og‘ir vazn toifasi chegarasi 86,2 kggacha tushiriladi. O‘ta og‘ir vazn toifasida esa 101 kgdan yuqoriroq vaznga ega bokschilar ishtirok etadi.
WBC prezidenti Maurisio Suleymanning ta'kidlashicha, boks tashkilotida ushbu tuzatmalar uchun ovoz berildi.
WBC’da yangi vazn toifalari kiritish bir necha oydan beri muhokama qilib kelinmoqda.
Mavzuga oid
08:15 / 18.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar Polshadagi turnirda birinchi bo‘ldi
09:20 / 13.04.2025
Shahram G‘iyosov navbatdagi raqibini nokautga uchratdi (video)
10:12 / 06.04.2025
O‘zbekiston boks jamoasi jahon kubogida 5 ta oltin qo‘lga kiritdi
08:07 / 06.04.2025