Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Microsoft’ning karantin vaqtida daromadi 30 foizga oshdi
Microsoft 2021 moliyaviy yilning 30 sentyabrda tugagan 1-choragi bo‘yicha hisobot taqdim etdi. Unga ko‘ra, kompaniyaning 3 oy ichidagi tushumi 2019 moliyaviy yilning 1-choragiga nisbatan 12 foiz ko‘proqqa o‘sib, 37,2 mlrd dollarni, sof daromadi esa 30 foizga o‘sib, 13,9 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Kompaniya bunday ijobiy natijalarga asosan pandemiya sababli kiritilgan karantin cheklovlari evaziga erishgan. Karantin sababli odamlar ko‘proq uydan ishlashga va masofadan o‘qishga o‘tishgan hamda ko‘proq vaqt kompyuter o‘yinlari o‘ynay boshlashgan.
Cheklovlar kompaniyaning bulutli xizmatlariga ko‘proq samarali bo‘lgan. Kompaniyaning Azure bulutli platformasi tushumi 2019 moliyaviy yil 1-choragiga nisbatan 48 foizga, butun bulutli xizmatlar bo‘linmalari tushumi esa 20 foizga oshgan. Ofis xodimlarining masofadan ishlashga o‘tkazilishi esa Office 365 dasturi savdosining 21 foizga ko‘payishiga olib kelgan.
Surface noutbuk va leptoplari savdosi hajmi 37 foizga o‘sgan. Shuningdek, karantin tufayli kompaniya ishlab chiqaruvchi Xbox o‘yin pristavkasi foydalanuvchilarida o‘yinlar uchun ko‘proq vaqt paydo bo‘lgan, bu esa kompaniyaning ushbu yo‘nalishdagi tushumining 30 foizga o‘sishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
00:16 / 24.05.2025
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
18:01 / 05.05.2025
Microsoft kompaniyasi Skype’ni yopdi. Messenjer 20 yildan ortiq faoliyat yuritdi
20:55 / 09.04.2025
Microsoft dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi
14:18 / 02.03.2025