Fan-texnika | 22:34 / 29.10.2020
3873
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung 3-chorakda rekord tushum olganini ma'lum qildi    

Samsung Electronics kompaniyasi 3-chorak bo‘yicha moliyaviy hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya kompaniyasining iyul-sentabr oylaridagi tushumi 67 trln vonni (59 mlrd dollardan ko‘proq) tashkil qilgan. Bu kompaniya uchun yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Kompaniyaning shu davrdagi sof daromadi 12,35 trln vonni (10,9 mlrd dollar) tashkil qilgan.      

Foto: Reuters

The Verge nashrining yozishicha, Samsung’da rekord tushum ko‘plab davlatlarda karantin bekor qilingandan keyin qurilmalarga talabning oshgani bilan tushuntirilgan. Kompaniyada bu talabni qurilmalarni yetkazishning samarali boshqaruvi hisobiga qondirishga muvaffaq bo‘lingan.    
 
Kompaniya tushumining oshishiga asosan smartfonlar savdosi bosh omil hisoblanadi. Shu bilan birga, Samsung’da maishiy elektronika va xotira chiplari savdosi hajmi oshgani ma'lum qilingan. 

Samsung 3-chorakdagi ijobiy ko‘rsatkichlarga qaramay, 4-chorak chiplar savdosi hajmi pasayishi va bozorda iPhone 12 smartfonlari paydo bo‘lgani ortida raqobatchilikning kuchayishi sababli uncha muvaffaqiyatli bo‘lmasligini kutmoqda. Kompaniya 3-chorakda Galaxy Note 20, Galaxy Z Fold 2 va Galaxy Z Flip 5G smartfonlarini taqdim etgan, yangi smartfonlar taqdimoti esa yanvarga belgilangan. Shu bilan birga, yangi iPhone’lar chiqarilishi Samsung’ga Apple smartfonlariga OLED-displeylar yetkazib berishi hisobiga ham foyda keltiradi.

Samsung’da ta'kidlanishicha, kompaniya 2021 yilda o‘z e'tiborini flagman qurilmalari qatorini kengaytirishga, bukiluvchi ekranli yangi smartfonlar ishlab chiqishga hamda smartfonlariga 5G tarmoqlari qo‘llab-quvvatlanishini tatbiq qilishga qaratmoqchi. 

Mavzuga oid