Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jomboydagi «oltin devor» buziladimi? Hokimlik munosabat bildirdi
1 noyabr kuni Kun.uz'da Samarqand viloyati Jomboy tumanining «Shirinkent» mahallasida aholi yo‘l ustida devor qurilganidan norozi ekani yuzasidan maqola e'lon qilingandi. Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati maqolaga munosabat bildirib, mazkur devor noqonuniy tarzda qurilganini ma'lum qildi.
«Kun.uz saytida chop etilgan «Jomboydagi «zirhlangan» «oltin devor». U odamlarning yo‘lini to‘smoqda» sarlavhali maqola tuman hokimligi, arxitektura bo‘limi va kadastr xizmati mutaxassislari ishtirokida o‘rganib chiqildi.
Devor tadbirkor E.Narziyev tomonidan qurilgan bo‘lib, unga berilgan egalik huquqi to‘g‘risidagi 982-Q sonli tuman hokimi qarori 2014 yil 22 sentyabrda chiqarilgan. Aholi tomonidan mazkur qarorni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi tuman ma'muriy sudiga kiritilgan da'vo arizasi 2020 yil 7 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan rad etilgan.
Ammo o‘rganish davomida tadbirkor tomonidan yo‘lni to‘sish hisobiga qurilgan devor Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qaroriga zid ekani aniqlandi. Ushbu jihatni inobatga olgan holda devorni ixtiyoriy buzib olish bo‘yicha E.Narziyevga tushuntirish berildi.
Aholi vakillari tuman ma'muriy sudining hal qiluv qarori ustidan yuqori sud organlariga murojaat etishlari mumkin», deyiladi hokimlik munosabatida.
Mavzuga oid
18:54 / 01.11.2020
Jomboydagi «zirhlangan» «oltin devor». U odamlarning yo‘lini to‘smoqda
10:54 / 20.10.2020
Samarqandda yana bir YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
09:07 / 22.09.2020
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 320 000 000 so‘m pullarni o‘marib ketgan shaxslar qo‘lga olindi
20:39 / 11.09.2020