Samarqandda yana bir YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor
Joriy yilning 2020 yil 19 oktabr kuni soat 06:30larda Samarqand viloyati Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1074-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1982 yilda tug‘ilgan B.N. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilib olayotgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi B.N va 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi B.Yu. og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Lasetti” avtomashinasi yo‘lovchilari, 1975 yilda tug‘ilgan T.H., 1989 yilda tug‘ilgan T.D. hamda 1983 yilda tug‘ilgan T.B. turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024