Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada bolalar savdosiga qarshi yirik operatsiya o‘tkazildi
Yevropol, Buyuk Britaniya, Portugaliya va Ispaniya o‘tkazgan operatsiya davomida 388 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Yevropaning bir nechta mamlakatida bolalar savdosiga qarshi o‘tkazilgan politsiya operatsiyasi chog‘ida 388 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Bundan tashqari, 240 nafar ehtimoliy qurbon aniqlangan bo‘lib, ularning kamida 61 nafari voyaga yetmaganlardir. Bu haqda Yevropol xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, operatsiya oktyabrda Yevropa tashqi chegaralarini himoya qilish agentligi (Frontex) hamda boshqa davlatlarning qo‘llab-quvvatlashi yordamida Buyuk Britaniya, Portugaliya va Ispaniya huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan.
Operatsiya bolalar savdosi bilan shug‘ullanadigan uyushgan jinoiy guruhlarga qarshi qaratilgan.
Yevropolning qayd etishicha, YeI ichida bolalar savdosi odatda ularning qarindoshlari yordamida amalga oshiriladi. Jinoiy guruhlar qurbonlari orasida boshqa mamlakatlardan kelgan voyaga yetmagan qochoqlar ko‘p uchraydi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025