Jahon | 14:31 / 19.11.2020
12897
2 daqiqa o‘qiladi

Obama yozgan kitob savdo rekordini o‘rnatdi

Ushbu rekordga yaqin ko‘rsatkich qayd etgan kitob Barak Obamaning turmush o‘rtog‘i Mishel Obamaning “Becoming. Mening tarixim” memuari bo‘lib, bir kun ichida 725 ming nusxada sotilgandi. 

Foto: Michael M. Santiago / AFP

AQSh sobiq prezidenti Barak Obamaning “Va'da qilingan yer” deb nomlangan kitobi prezidentlar yozgan memuarlar orasida bessellerga aylanishi mumkin, deb yozadi The Guardian nashri.

Xabar qilinishicha, bir sutka ichida 890 ming nusxa kitob sotilgan.

“Birinchi kundagi savdodan hayratdamiz”, – dedi Penguin Random House nashriyoti noshiri Devid Dreyk.

18 noyabr kuni “Va'da qilingan yer” Amazon.com va Barnes & Noble.com internet-servislarida sotuv bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Barnes & Noble ijrochi direktori Jyeyms Dont bir kunda 50 ming nusxadan ortiq kitob sotilganini ma'lum qildi.

Ushbu rekordga yaqin ko‘rsatkich qayd etgan kitob Barak Obamaning turmush o‘rtog‘i Mishel Obamaning 2018 yilda chop etilgan “Becoming. Mening tarixim” memuari bo‘lib, bir kun ichida 725 ming nusxada sotilgandi. 

Barak Obama avvalroq “Otamning orzulari” va “Umid jur'ati” deb nomlangan kitoblarni yozgan. Ular millionlab nusxada sotilgan.

Mavzuga oid