Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST vakili koronavirusga qarshi majburiy emlashga qarshi chiqdi
Odamlarni koronavirusga qarshi majburiy emlashdan ko‘ra ularni bunday emlash foydali ekaniga ishontirish nafliroq bo‘ladi. Bunday fikrni JSSTning emlash bo‘yicha bo‘limi direktori Ketrin O'Brayan aytib o‘tdi.
“Talab qilish harakatlanishimiz kerak bo‘lgan yo‘nalish deb o‘ylamayman, ayniqsa ushbu vaksinalar xususida”, deb aytgan O'Brayan.
JCCT vakilining fikricha, dunyodagi birorta davlat hukumati koronavirusga qarshi majburiy emlashni o‘tkazishi dargumon. Shu bilan birga uning ta'kidlashicha, muayyan kasbda ishlovchi odamlardan, misol uchun, intensiv davolash bo‘limidagi tibbiy xodimlardan o‘zlarining va bemorlarning xavfsizligini ta'minlash uchun emlanish talab qilinishi mumkin.
Biroq JSSTda tan olinishicha, aholini koronavirusga qarshi emlanishga ko‘ndirish qiyin ish bo‘ladi.
“Biz odamlarni vaksinalarning foydali ekaniga ishontirishimiz va ularni bunga ko‘ndirishimiz lozim”, deb aytgan JSST vakili Maykl Rayan.
U ham majburiy emlashga qarshi chiqqan va odamlarga zarur axborotni taqdim qilib, ularga emlanish yoki emlanmaslikni o‘zlari hal qilishlariga imkon berish maqbul variant bo‘lishini aytgan.
“Aminmanki, emlanish yagona mas'uliyatli qadam bo‘ladigan muayyan vaziyatlar bor”, deb qo‘shimcha qilgan Rayan.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025