Rossiya dumasi sobiq prezidentlarning daxlsizligi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi
Rossiya davlat dumasi sobiq prezidentlar va ularning oilalari daxlsizligi haqidagi qonun loyihasini qabul qildi. Ushbu qonun Rossiya prezidentining vakolatlari muddati yakunlangandan keyin unga va oila a'zolariga daxlsizlikni kafolatlaydi.
Endilikda qonun kuchga kirishi uchun Federatsiya kengashi tomonidan qabul qilinishi va amaldagi prezident tomonidan imzolanishi kerak.
Qonunga ko‘ra, Rossiyaning sobiq prezidentlarini hibsga olish, qo‘lga olish, tintish, ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish taqiqlanadi. Bu qoidalar ularning oila a'zolari, uy-joylari, avtomobillari, bagajlari va hujjatlari, aloqa vositalari va yozishmalariga ham taalluqli bo‘ladi.
Hozirda bunday daxlsizlikka faqat amaldagi prezident ega.
Sobiq prezidentni daxlsizlikdan duma tomonidan unga davlatga xiyonat qilish yoki boshqa og‘ir jinoyatni sodir etish bo‘yicha ilgari surilgan va konstitutsiyaviy hamda oliy sud tomonidan tasdiqlangan ayblov asosida faqat Federatsiya kengashi mahrum eta oladi. Federatsiya kengashida daxlsizlikdan mahrum etish bo‘yicha qarorni qabul qilishga 3 oy vaqt bo‘ladi. Agar bu vaqt ichida biror-bir qaror qabul qilinmasa, ayblov rad etilgan deb hisoblanadi.
Sobiq prezidentlarning daxlsizligi haqidagi bandni konstitutsiyaga kiritish qarori joriy yil fevralida qabul qilingandi.
Yozda konstitutsiyaga tuzatmalar bo‘yicha ovoz berishda ushbu tashabbus ma'qullangandi. Noyabr boshida esa tegishli qonun loyihasi davlat dumasiga kiritilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024