Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik quriladi
Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik quriladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati raisi Husniddin Hosilov ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 412,7 metr uzunlikda bo‘lgan va Amudaryo orqali barpo etiladigan yangi ko‘prikdan temir yo‘li hamda avtomobil yo‘li birgalikda o‘tishi kutilyapti.
“Yangi qurilayotgan ko‘prik va u ko‘prikka qadar bo‘lgan 10 kilometrga yaqin temir yo‘li, ko‘prikdan keyingi 60 kilometrdan ortiqroq bo‘lgan temir yo‘li barpo etilganidan so‘ng avvalgi 240 kilometr ortiqcha harakatlanishning oldi olinadi. Avtomobil hamda temir yo‘li yo‘nalishida tashilayotgan yuklarning manzilga yetib borish vaqti 6 soatga qisqaradi.
Bundan tashqari, ushbu ko‘prik orqali o‘tayotgan yuklarning yillik samarasi 150 milliard so‘mga yaqin bo‘ladi - shuncha xarajatlar tejalishi hisob-kitob qilinmoqda. Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi temir yo‘li orqali tashilayotgan yuklarning o‘rtacha hajmi 12 million tonnani tashkil qilayotgan bo‘lsa, ko‘prik hamda temir yo‘li qurilganidan keyin yuklar hajmi loyihaning o‘zini oqlash muddatiga yetib borgunga qadar 20-25 million tonna atrofida bo‘ladi.
Prezident ushbu qurilishni yanvar oyidan boshlash haqida topshiriq berdi va buning uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar ham ajratildi”, - deydi Husniddin Hosilov.
Mavzuga oid
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
19:54 / 23.05.2025
«Harbiylarning aloqasi yo‘q». Mudofaa vazirligi Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad bo‘yicha ma’lumot berdi
17:29 / 23.05.2025
Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketdi. Bir kishi halok bo‘ldi
21:35 / 22.05.2025