O‘zbekiston | 12:40 / 17.12.2020
20561
1 daqiqa o‘qiladi

Urganch shahri hokimi o‘zgardi

2018 yil dekabridan buyon shaharga hokimlik qilib kelgan Shuhrat Abdullayev lavozimdan ozod etilib, uning o‘rnini shu vaqtgacha Bog‘ot tumaniga rahbarlik qilib kelgan Oybek Xolboyev egalladi.

Shuhrat Abdullayev 2020 yil 10 dekabrda yil yakunlari bo‘yicha hisobot bermoqda / Urganch shahar hokimligi axborot xizmati

Xalq deputatlari Urganch shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilib, shaharga yangi hokim tayinlandi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Oybek Madaminovich Xolboyev Urganch shahar hokimi etib tayinlandi. U bungacha Bog‘ot tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Oybek Xolboyev / Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati

U bu lavozimda Urganch shahrini 2018 yil dekabridan buyon boshqarib kelgan Shuhrat Abdullayevning o‘rnini egalladi.

Bundan avvalroq Shavkat Yaxshiboyev Bog‘ot tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid