Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya kompaniyasi uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot ishlab chiqdi
Vertolyot 4500 metrdan yuqori balandlikda parvoz qilib, 160 kilogrammgacha yukni 800-850 kilometr masofaga yetkazishi mumkin.
Turkiyaning Titra Technology texnologik kompaniyasi oddiy vertolyotni uchuvchisiz boshqariladigan vertolyotga aylantirdi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar bermoqda.
"Biz 2021 yil oxirigacha ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz", – dedi kompaniya rahbari Salmon Do‘nmaz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchisiz boshqariladigan vertolyot 4500 metrdan yuqori balandlikda parvoz qilib, 160 kilogrammgacha yukni 800-850 kilometr masofaga yetkazishi mumkin.
Xabar qilinishicha, loyiha Belarus muhandislik firmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
Do‘nmasning so‘zlariga ko‘ra, vertolyotdan favqulodda vaziyatlarda hamda logistika maqsadlarida foydalanish mumkin. U shuningdek, harbiy amaliyotlar olib borilayotgan hududlarga o‘q-dorilar yetkazib berishi mumkin.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025