Jahon | 17:47 / 18.01.2021
24226
1 daqiqa o‘qiladi

JSST dunyo falokat yoqasida turganligidan ogohlantirdi

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, dunyoning eng boy 49 mamlakati aholisi 39 million doza vaksina bilan emlanib bo‘lgan bir vaqtda eng qashshoq mamlakatlardan birida atigi 25ta emlash amalga oshirildi. 

Foto: World Health Organization

Dunyo axloqiy falokat yoqasida turibdi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus. Bu haqda tashkilot tvitterida ma'lum qilindi.

«Ochig‘ini aytaman: dunyo falokatli axloqiy xato yoqasida turibdi va bu xatoning badali insonlar hayoti hamda dunyoning eng qashshoq mamlakatlarida yashash imkoniyati bo‘ladi», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda JSST.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning eng boy 49 mamlakati aholisi 39 million doza vaksina bilan emlanib bo‘lgan bir vaqtda eng qashshoq mamlakatlardan birida atigi 25ta emlash amalga oshirildi. 

 Gebreyyesusning aytishicha, barcha mamlakatlarni vaksina bilan teng taqsimlash rejasi inqirozga uchrash arafasida turibdi.

Avvalroq JSST aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari 30dan ortiq davlatda boshlanganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid