Abdulaziz Komilov O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
2021 yilning 22 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekiston prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini amalga oshirish borasidagi ishlar va mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, xalq farovonligini izchil oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni muhokama qildi.
O‘zbekiston dunyo va mintaqadagi o‘zgaruvchan vaziyat hamda keng ko‘lamli ichki yangilanishlarni hisobga olgan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirayotgani qayd etildi.
Vazir mamlakat tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va konstruktiv munosabatlarni mustahkamlash ekanini qayd etdi.
“O‘zbekiston yuritayotgan siyosat mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal qilishga, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan”, - deyiladi ma'lumotda.
Suhbatdoshlar xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, iqtisodiy diplomatiyani ilgari surish va mintaqaviy savdo-iqtisodiy kooperatsiyani mustahkamlash bo‘yicha belgilangan vazifalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024