O‘zbekiston | 20:42 / 27.01.2021
27821
1 daqiqa o‘qiladi

Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha 12-sud majlisi bo‘lib o‘tdi

25 yanvar kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori lavozimida ishlagan Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Sudda guvohlarning moliyaviy masalalar va koronavirusdan vafot etgan bemor o‘limi yuzasidan ko‘rsatmalari tinglandi. Bu xaqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sud majlisida D.Umarov, L.Hamdamovalar moliyaviy ayblovlar bo‘yicha, F.Gavharov, Diana Talgat qizi, M. Mirzayorov, M.Yunusxo‘jayeva va A. Muzaffarovalar esa marhum F. Rustamovning o‘limi holati yuzasidan ko‘rsatma berdi.

Sudga qo‘shimcha guvohlar jalb etilishi bo‘yicha iltimosnoma kiritildi. Keyingi sud majlisi 1 fevralga belgilandi.

Kun.uz sud jarayonlariga daxl qilmaslik bo‘yicha sud talabiga asosan, jarayonning matn shaklidagi sharhini taqdim etmayapti. Majlisning to‘liq videosini Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Bu ishga doir boshqa xabarlarga ushbu havola orqali o‘ting.

Mavzuga oid