Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Xuddi YHX xodimlaridagi kabi»: Ekoinspektorlar planshetlar bilan ta'minlanadi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Islombek Boqijonov 17 fevral kungi matbuot anjumanida Ekologik politsiya tashkil etilishi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Biz hozir Toshkent shahrida Ekopatrul tizimini joriy etyapmiz. Chamasi 10 kunlarda biz uni yo‘lga qo‘yamiz.
YXH xodimlari fotoradar, planshetlar kabi texnikalardan foydalanyapti, ya'ni ularda huquqbuzarlikni joyida aniqlab, joyida jarima qo‘llash mexanizmi bor. Shunday mexanizmni biz ham joriy etmoqchimiz.
Ekopolitsiya deganda... bizda Ekologiya inspeksiyasi bor. Respublika bo‘yicha 1700dan ortiq ekologik inspektorlar faoliyat yuritadi. Ularni planshetlar bilan ta'minlayapmiz. 17 milliard so‘mdan ziyodroq summaga planshetlar olinyapti. Bunga bosqichma-bosqich o‘tamiz.
Tadbirkorning faoliyatiga aralashish masalasiga kelsak, bizda ekopatrullarni tashkil qilgan holda bunga huquqimiz bor. 24 soat davomida bunga to‘sqinlik bo‘lmaydi. Shu orqali aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tartibda ish ko‘rishimiz mumkin», – dedi Islombek Boqijonov.
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024