Rossiya TIV: Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida o‘nlab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan
Bugun Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi.
2 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan Rossiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, kun tartibidagi o‘zaro manfaatli xalqaro va mintaqaviy muhim masalalar yuzasidan fikr almashilishi kutilmoqda.
«O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga davlat tashrifini tashkil etishga alohida e'tibor qaratiladi. Bugungi kunda yuqori darajadagi 30ga yaqin ikki tomonlama hujjatlar mavjud. Yaqinda bo‘lib o‘tadigan qo‘shma komissiyaning ikkinchi yig‘ilishi Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari rahbarlari darajasida sammit muvaffaqiyatli o‘tkazilishiga yordam beradi», deyiladi Rossiya TIV matbuot xizmati xabarida.
Rossiya tomoni yaqinlashib kelayotgan tadbirlar ikki mamlakat siyosiy hayotidagi muhim voqealarga aylanishiga, ko‘p formatli ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga, davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirgan.
- Eslatib o‘tamiz, 2020 yil dekabrida Rossiya TIV 2021 yil bahorida O‘zbekiston prezidenti Moskvaga kelishi kutilayotgani haqida xabar tarqatgandi. Hozircha tashrifning aniq sanasi ma'lum qilinmagan.
- Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bilan so‘nggi uchrashuvi 2020 yil 23 iyunda Moskvada bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, joriy yilning 4 fevral kuni Almati shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘zaro uchrashuv o‘tkazgan.
- Ma'lumot uchun, 2020 yil davomida O‘zbekistonning savdo sheriklari orasida Rossiya ikkinchi o‘rinda (o‘zaro tashqi savdo aylanmasi 5,6 milliard dollar, shundan eksport 1,5 milliard dollar, import 4,1 dollar) qayd etilgan. Oxirgi ikki yilda Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori maqomini yo‘qotgan.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024